Ko‘z atrofi kremi (Dr.Melaxin Eyephalt Eyebag Cream) ko‘z atrofidagi terini tortadi va silliqlaydi, ajinlar chuqurligini kamaytiradi, taranglik hamda elastiklikni saqlaydi.
Muntazam foydalanilganda, krem shishlarni asta-sekin kamaytirish va terini zichlashtirish hisobiga ko‘z ostidagi "xaltachalar" hajmini kichraytiradi. Kollagen va elastin sintezini rag‘batlantiradi, qovoqlarning nozik terisi tarangligi va elastikligini oshiradi, qora halqalarni ochaytiradi.
Mahsulot tarkibida biospiakulalar yoki mikrosinalar (Hydrolyzed Sponge) mavjud bo‘lib, ular faol moddalarning chuqur kirib borishi va so‘rilishiga yordam beradi, shuningdek, epidermisning yangilanish jarayonini ishga tushiradi.
Asosiy faol komponentlar:
- Niacinamid (B3 vitamini) — melaninning epidermisga yetib borishini sekinlashtiradi, pigmentatsiya hosil bo‘lishining oldini oladi, tashqi ta'sir etuvchi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sezuvchanlikni kamaytiradi, yuz rangini tekislaydi, kollagen ishlab chiqarilishiga va turgorni saqlashga yordam beradi.
- Glutation — hujayralardagi metabolizm va mikrosirkulyatsiyani tezlashtiradi, pigmentatsiya hosil bo‘lishida ishtirok etadigan fermentni parchalash orqali dog‘larni ochaytiradi. Kuchli antioksidant bo‘lib, erta qarishning asosiy sababi bo‘lgan erkin radikallar ta'sirini neytrallaydi.
- Keramidlar — epidermis lipidlariga o‘xshash bo‘lib, ular tabiiy himoya qatlamini mustahkamlaydi, shu hisobiga qobiq tashlash (po‘st tashlash) va quruqlikni yo‘qotadi, namlik yo‘qolishining oldini oladi hamda sezuvchanlikni kamaytiradi.
- O‘sish faktorlari yoki EGF (rh-Oligopeptide-1) — hujayra faolligini rag‘batlantiradi va regeneratsiyani tezlashtiradi, shu orqali ajinlar ko‘rinishini kamaytiradi, elastiklik va taranglikni oshiradi, terining optimal namlik darajasini ta'minlaydi.
- Arbutin — tirozunaza fermenti faolligini bostirish orqali pigmentatsiya paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, antiseptik va tinchlantiruvchi effekt beradi.
- Adenozin — erkin radikallarning ta'sirini neytrallaydi, erta qarishning oldini oladi. Kollagen va elastin tolalarining tabiiy ishlab chiqarilishini stimullaydi, teriga yangi ko‘rinish va yorqinlikni qaytargan holda uning rangini tekislaydi.
Barcha turdagi terilar uchun mos keladi.