Dr. CELLIO Yuz uchun ko'p funksiyali toner 4 in 1 (Cheongchun / Suboon), 300ml.
Dr. CELLIO 4 in 1 yuz uchun ko'p funksiyali koreys toneri — bu teri parvarishida bir nechta bosqichni oʻrnini bosuvchi majmuaviy vositadir. Toner terini namlantiradi, oziqlantiradi va uning elastikligini oshirishga yordam beradi.
Mahsulot turlari va xususiyatlari:
Cheongchun Toner [Youthful] (Yashil/Firuza qadoq):
Asosiy ta'siri: Terini yoshartirish, elastiklikni oshirish va ajinlar paydo bo'lishining oldini olish.
Tarkibidagi muhim moddalar: Gialuron kislotasi (Hyaluronic Acid) va oqartiruvchi kompleks.
Kimlar uchun: Yuz terisi tarangligini yo'qotgan va ajinlarga moyil bo'lgan teri turlari uchun mos keladi.
Suboon Toner [Waterfull] (Moviy qadoq):
Asosiy ta'siri: Chuqur namlantirish, teridagi quruqlik va tortishish hissini yo'qotish.
Tarkibidagi muhim moddalar: Akva-kompleks va intensiv namlantiruvchi essensiya.
Kimlar uchun: Quruq, suvsizlangan va doimiy namlikka muhtoj teri turlari uchun mos keladi.
Asosiy afzalliklari:
4 in 1 formula: Toner, ampula, essensiya va intensiv namlantirish xususiyatlarini bitta vositada jamlagan.
Yengil tekstura: Teriga tez va yopishqoqlik hissisiz singib ketadi, yangilik va salqinlik beradi
Kundalik parvarish: Yuzni yuvgandan so'ng teri PH balansini tiklaydi va keyingi parvarish vositalarining singishini yaxshilaydi.
Qo'llash usuli:
Yuzni tozalagandan so'ng, vositadan kerakli miqdorda paxta diskiga yoki kaftingizga oling va yengil urish harakatlari bilan yuz va bo'yin terisiga surting. To'liq singib ketguncha kuting.
Hajmi: 300ml.

