Asbobingizni xavfsiz saqlash va qulay tashish uchun mo'ljallangan yuqori sifatli dovul chexoli. Mustahkam, suv o'tkazmaydigan materialdan ishlab chiqarilgan bo'lib, yomg'ir va namlikdan ishonchli himoya qiladi. Ichki qismi qalin yumshoq qoplama bilan jihozlanganligi sababli dovulingizni zarba, chizilish va shikastlanishlardan asraydi.
Qulay fermuarli dizayn, mustahkam tutqich hamda sozlanadigan yelka tasmasi tufayli tashish juda oson. Old cho'ntagi esa baraban aksessuarlari, tayoqchalar yoki boshqa kerakli buyumlarni saqlash uchun juda qulay.
Ranglari: Qora,Yashil xaki va Jigarrang
✅ Suv o'tkazmaydigan sifatli mato
✅ Qalin yumshoq ichki himoya qatlami
✅ Mustahkam fermuar va sifatli tikuv
✅ Qulay tutqich va yelka tasmasi
✅ Aksessuarlar uchun qo'shimcha cho'ntak
✅ Kundalik foydalanish va uzoq safarlar uchun ideal

