Boshga tushgan fojiadan yoki hayotda uchrayotgan muammolardan bezovta yurish tashvishni orttirsa orttiradiki, aslo uni bartaraf yetishga xizmat qilmaydi. Shu paytda ushbu kitob vositasida yordamga kelgan Deyl Karnegi "Dardingni olay, birodar, o‘tmishni o‘ylama, chunki u o‘tib bo‘lgan, kelajakdan tashvishlanishni bas qil, hali u yetib kelmadi. Sen yaxshisi buguning bilan yasha!" deb ruhingizga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Xullas, u sizni qiyin vaziyatlarda ham unga qarshi chora-tadbir borligiga ishontiradi. Deyl Karnegi kitobi bilan do‘st tutining, zero bu do‘stlik muammolaringizni bartaraf yetib, hayotda farovon yashashingizga ko‘maklashadi. Ushbu kitob keng omma uchun mo‘ljallangan.

