O‘z hayotingizning haqiqiy egasiga aylaning.
Muvaffaqiyatga erishishning 12 ta tamoyilidan foydalaning.
Ushbu kitob o‘z rivojlanishini tezlashtirishni va oldinga qarab dadil odimlashni istagan ambitsiyali (yuksak maqsadli) insonlar uchun mo‘ljallangan.
Brayan Treysi muvaffaqiyatning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilishni istagan har bir kishi hisobga olishi lozim bo‘lgan 12 ta umumiy qonuniyatni ishlab chiqdi.
Siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga doimo erishishingizda yordam beradigan foydali insonlarni, qimmatli g‘oyalarni va qulay imkoniyatlarni o‘zingizga qanday jalb qilishni bilib olasiz.
Ushbu kitob yordamida siz o‘z taqdiringizni mustaqil boshqarishni o‘rganasiz, to‘liq moliyaviy mustaqillikka erishasiz hamda o‘zingizda barcha muvaffaqiyatli insonlarga xos bo‘lgan odatlarni shakllantirasiz.
Brayan Treysi — shaxsiy va professional rivojlanish sohasida dunyoning yetakchi eksperti bo‘lib, uning ma’ruzalari va seminarlariga har yili yuz minglab insonlar tashrif buyuradi. U ko‘plab bestseller kitoblar muallifidir.

