Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish xususida
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida e'tibor qaratadi. Insonlarning o'zaro muomala madaniyati, o'zni tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro'-e'tibor topish mumkinligini ta'kidlaydi. Shuningdek, o'z-o'ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlashning turli yo'llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma'ruza o'qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, echimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi an'anasiga ko'ra, misollar tariqasida keltiriladi.

