✍️Muallifi: Muhammad Amin Yildirim
📚Janr: Diniy
📕Muqovasi: Qattiq
📄Hajmi: 240 bet
📘 «Dorul Arqam» — Islom tarixining eng muhim va sinovli davrlaridan biri haqida hikoya qiluvchi, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega asar.
🌙 Kitobda Rasululloh ﷺ davrida ilk musulmonlar uchun ta’lim va tarbiya maskaniga aylangan Dorul Arqamning shakllanishi, undagi ta’lim uslublari hamda sahobalarning iymon va e’tiqod yo‘lida qanday tarbiya topganlari yoritiladi.
Shuningdek, 📖 Qur’on oyatlarining nozil bo‘lish jarayoni ham tahlil qilinib, ilk musulmonlarning ruhiy kamoloti va matonatiga e’tibor qaratiladi.
✨ Kitob yakunida Dorul Arqam talabalarini muvaffaqiyatga yetaklagan 12 asosiy xislat bayon qilinadi. Bu fazilatlar bugungi inson uchun ham iymon, sabr, ixlos, qat’iyat va go‘zal xulq borasida muhim saboqlar beradi.
💚 «Dorul Arqam» — Islom tarixini chuqurroq anglash, sahobalar hayotidan ibrat olish va o‘z iymonini mustahkamlashni istagan kitobxonlar uchun foydali asar.

