Qo‘llash sohasi
Magniy, kalsiy, va D3 vitaminining qo‘shimcha manbai.
Kalsiy va magniyni almashinuvini meʼyorlashtirish va ularning tanqisligini bartaraf qilishga yordam beradi.
Faol ingrediyentlarning xususiyatlari
Kalsiy - suyak va tish to‘qimalarining bosh elementi hisoblanadi, hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini tartiblashtirishda, qon ivish jarayonida ishtirok etadi, barqaror yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur.
Kalsiy nerv impulslarini uzatishda, skelet mushaklar va miokard muskulaturasini qisqarishida, suyak to‘qimasi almashinuvida ishtirok etadi.
Og‘ir metallarning tuzlarini va radionuklidlarninig chiqarilishiga yordam beradi.
Organizmdan kalsiy chiqarilishi doimo sodir bo‘lib turishi munosabatida, har qanday yoshda uning ovqat bilan zaruriy miqdorda kelib turishi ustidan kuzatib borish yoki uni qo‘shimcha qabul qilib borish kerak.
Magniy - muhim makroelement hisoblanadi. Ko‘pgina energiya jarayonlarini taʼminlash uchun zarur, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalarning almashinuvida ishtirok etadi. Fosfor almashinuvida ishtirok etadi, qon bosimini pasaytirilishida yordam beradi, ko‘pgina fermentlarning faoliyat yuritishi uchun zarur.
Magniy miokard hujayralarining meʼyorda faoliyat yuritishini nazorat qiladi, uning qisqarish funksiyasini tartiblashtirishda yordam beradi.
Nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonida ishtirok etadi.
Stress holatlarda erkin ionlashtirilgan magniyning katta miqdori chiqariladi, shu munosabat bilan, uning qo‘shimcha qabul qilinishi stressga rezistentlikni ko‘tarilishiga yordam beradi.
Organizmga kalsiy bilan muayyan nisbatda kelib turishi kerak.
D3 vitamini – kalsiy o‘zlashtirilishini boshqaradi va uning suyak skeletiga integratsiya qilinishiga ko‘maklashadi. U fosfor-kalsiy almashinuvining bosh tartiblashtirgichi hisoblanadi, qonda kalsiy va fosforning darajasini qo‘llab-quvvatlaydi, suyak to‘qimasini shakllantirishda va yosh bilan bog‘liq so‘rilishida ishtirok etadi. Keksa yoshdagi shaxslarda D3 vitamini tanqisligi umurtqaning pastki sohalari suyaklari, tos va oyoqlarning suyaklari osteoporozini rivojlantiradi. Organizm, teriga quyosh yorug‘ligini muntazam taʼsir etib borishida, mustaqil ravishda D3 vitamini ishlab chiqarilishi mumkin. Biroq, vitamining bu ishlab chiqarilishi bizning shimol mintaqamizda sog‘liq uchun yetarlicha hisoblanmaydi va uning, ayniqsa, yilning qish mavsumida qo‘shimcha kiritilishi talab etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 tabletkadan. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Reklama qilinayotgan mahsulot dori vositasi emas.
1 tabletkaga ozuqaviy qiymat (g)
Oqsillar
<0,1 g
Yog‘lar
<0,1 g
Uglevodlar
<0,1 g
Ulardan shakar
< 0,1 g
Energiya qiymati
4 kDj/1 kkal
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Mahsulot komponentlarini individual o‘zlashtirilmasligi, homiladorlik va emizikli ayollar, 12 yoshdan kichik bolalar.
Berish sharti: retseptsiz.
Saqlash sharoitlari
+25 °Sdan yuqori bo‘lmagan haroratda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Chiqarilish shakli va qadog‘i
1,98 g. og‘irlikdagi tabletka, 40 kapsuladan blisterlarda, qadoqda 4 blisterlar.
Yaroqlilik muddati
2 yil.

