• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Azizbek Hamidov, Asqarali Allayorov, Jonibek Hamidov
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Bugungi kunda ta’limda raqobat kuchaygani sari, har bir abituriyent o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi: oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, orzu qilgan kasb egasi bo‘lish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish. Bu yo‘lda esa eng muhim bosqichlardan biri – Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test imtihonlari va Milliy sertifikat tizimidir. Bu imtihonlar nafaqat bilimni, balki vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni, tahliliy fikrlashni, bosim ostida qaror qabul qilish qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazadi.
Ko‘pchilik o‘quvchilar ushbu imtihonlarni faqatgina test yechish bilan cheklab qo‘yadi. Ammo aslida muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun rejalashtirilgan, izchil va ongli tayyorgarlik zarur. Bu tayyorgarlik faqat darslikdagi mavzularni o‘zlashtirish emas, balki ularni real hayotiy misollar bilan bog‘lab tushunish, savollarning turli shakllarini tahlil qila olish, vaqtni boshqarish va psixologik tayyorgarlikni ham o‘z ichiga oladi.
Sertifikat tizimi esa o‘z navbatida fan bo‘yicha chuqur bilim talab qiladi. Bu imtihonda yuqori natija olish uchun o‘quvchi fanga ilmiy yondashuv bilan qarashi, har bir tushunchani mohiyatigacha tushunib yetishi, loyihaviy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi kerak. Ayniqsa, ochiq tipdagi savollarni yechish orqali o‘z fikrini mustaqil ifodalash va dalillash ko‘nikmasini shakllantirishi muhim.
Shunday ekan, har bir abituriyent o‘z yo‘lini belgilashi, kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilgan holda, vaqtni behuda o‘tkazmasdan harakat qilishi kerak. Kimki bu yo‘lda tinimsiz mehnat qilsa, aniq maqsad sari intilsa albatta, orzusiga erishadi.

