Har yili uyimizga o‘nlab yangi buyumlar olib kelamiz. Har bir xarid faqat qisqa muddatli quvonch tuyg‘usini beradi, keyin esa shkaflarimiz biz kiymaydigan kiyimlar bilan to‘lib ketadi, javonlarda esa tashlab yuborishga achinadigan lash-lushlar to‘planadi. Bularning barchasi bo‘sh joy va energiyani oladi. Taniqli ekspert va minimalizm haqidagi nufuzli blog yaratuvchisi Joshua Bekker ortiqcha narsalardan xonama-xona qanday xalos bo‘lish bo‘yicha amaliy qadam-baqadam qo‘llanmani taklif etadi. Uyingizni tartibsizlikdan xalos etib, asosiy narsalarga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin: yaqinlaringiz bilan muloqot qilish, sayohatlar, sevimli mashg‘ulotlar va haqiqiy ruhiy xotirjamlikka erishish.

