Rang: Sargʻish
AfzalliklariHidi, mayin kukuni, ta’mi va idishining qulayligi juda yoqdi.
KamchiliklariKamchilik ko‘rmadim.
IzohUyda dolchinni tez-tez ishlataman, ayniqsa pishiriq, choy va qahvaga qo‘shaman. Shu dolchinni olib ko‘rdim, juda yoqdi. Bankani ochishim bilan dolchinning yoqimli xushbo‘y hidi sezildi. Kukuni ham mayin, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib qolmagan. Pishiriqqa qo‘shganimda hidi oshxonaga yaxshi tarqaldi, ta’mi ham yoqimli chiqdi. Choy va qahvaga ozgina qo‘shsam ham dolchinga xos iliq, xushbo‘y ta’m beradi. Nonushtada bo‘tqa yoki shirinliklarga sepib ishlatish ham juda qulay ekan. Idishi ham menga juda ma’qul bo‘ldi. Qopqog‘i buralib mahkam yopiladi, qopqog'ida plombasi ham bor ekan. Oshxonada saqlash qulay, boshqa idishga solib yurishga hojat yo‘q. Bankasi chiroyli va tartibli ko‘rinadi. 150 g ham yaxshi hajm ekan, uyda ancha vaqtga yetadi. Umuman olganda, kundalik ovqat va pishiriqlarda ishlatish uchun menga juda ma’qul keldi. Yana olaman. Tovar yoqgani uchun erinmay yozdim. Uzum marketga ham sotuvchiga ham rahmat. Olinglar qizlar.
Sotuvchining javobi
Batafsil va samimiy fikringiz uchun katta rahmat. Mahsulotimizning ta’mi, xushbo‘yligi va qadoqlanishi sizga ma’qul kelganidan juda xursandmiz. Sizning fikr va takliflaringiz biz uchun muhim — ular xizmat va mahsulotlarimizni yanada yaxshilashga yordam beradi. Har qanday tavsiya yoki mulohazalaringizga doimo ochiqmiz. Sizni keyingi xaridlaringizda ham mamnuniyat bilan kutib qolamiz hurmatli mijoz! 😊😊😊