Mashhur Italiya modalar uyi Dolce & Gabbana'dan Devotion — bu cheksiz sevgi, ehtiros va nafosatga bag'ishlangan parfyumeriya asaridir. Flakonni bezab turgan afsonaviy «Muqaddas Yurak» (Sacred Heart) belgisi kabi, bu atir ham o'zida italiyocha shirinlik va yangilikni mukammal jamlagan.
Romantik uchrashuvlar, kechki tadbirlar va o'zgacha laxzalar uchun ideal tanlov bo'lib, o'z sohibasining jozibasi hamda yuqori didini ta'kidlaydi.

