Yuriy Vagin — 30 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan shifokor-psixoterapevt, tibbiyot fanlari nomzodi, "Doktor Vagin psixologiya markazi" direktori, 8 ta monografiya va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, tifoanalitik terapiya yaratuvchisi. Har qanday hayotiy vaziyatda nima qilish kerakligini o‘rgata oladigan odam.
"Biz hammamiz baxtni doimiy his qilish holatida yashaymiz..." — demoqchisiz-u, o‘z vaqtida tiqilib qolasiz. Chunki o‘zingni ham, boshqalarni ham yuziga qarab aldamoqchi emassan — insof kerak-da! Ammo hayotdan qoniqmaslik masalasi sizni sira qo‘yib yuborishni istamaydi: ish quvonch keltirmaydi, oilada janjal-suron, do‘stlar borgan sari kamroq yozishadi, kundalik ishlar girdobida baxt u yoqda tursin, normal uyqu haqida o‘ylashga vaqt yo‘q. "Yig‘layveradigan" odam ham yo‘q.
Faqat, aziz o‘quvchilar, buni qilish mutlaqo shart emas: biz zamonaviy jamiyatda yashayapmiz, u yerda noyob insonlar — psixologlar va psixoterapevtlar, o‘z xotirasida ulkan kasbiy tajribani saqlab qolgan yaxshi maslahatchilar bor. Va sizning noyob vaziyatingiz ular uchun shunchaki amaliyotdagi holatdir. Hatto hayotimizda yetishmayotgan baxtni his qilish qobiliyatini ham mutaxassisning tavsiyalari va maslahatlariga amal qilish orqali rivojlantirish mumkin.
Siz o‘z hayotingizni o‘zgartirishni xohlaysiz va so‘raysiz: buni amalga oshirish mumkinmi? Mumkin. Kech emasmi? Hali kech emas. Har qanday yoshda ham o‘z hayotingizni o‘zgartirishingiz mumkin. Yaqinlaringizga muammolardan xalos bo‘lishga yordam berish mumkinmi? Mumkin. Agar ular o‘z muammolarini anglamasalar ham, ularga yordam berish mumkinmi? Agar qanday qilishni bilsangiz, ularga o‘zingiz yordam berishingiz mumkin.
To‘g‘ri tashkil etilgan hayot insonga surunkali zavq keltirishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, ayb hayotda emas, balki o‘z hayotini noto‘g‘ri tashkil etgan odamda. Mening vazifam esa sizga hayotingizni shunday qurishga yordam berishki, har kuni baxtni his qila olsangiz.

