Tavsif: Ushbu uch jilddan iborat to‘plam insoniyatning eng buyuk siymosi — Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llariga bag‘ishlangan. Kitobda Rasululloh (s.a.v.)ning tug‘ilishlaridan to vafotlarigacha bo‘lgan nurli umrlari, u zotning go‘zal axloqlari va islom dini tarixidagi eng muhim voqealar bayon etilgan. Ushbu asar har bir o‘quvchiga saodat asri nafasini his qilishga va Rasululloh (s.a.v.)ni yanada yaqindan tanishga yordam beradi.

