Har bir oila o'z dunyosi. Shuning uchun ham unga nisbatan “quraman” so‘zini ishlatamiz, ya’ni “Ikki yosh oila qurdi” deymiz. Xo'sh, bu dunyo qanday boshlanadi? Bu dunyoda quvonch va zavq bilan birga tashvish va muammolar ham bor. Ularning yechimi uchun kim javobgar? Er va xotin bir-biriga nisbatan qanday huquq va majburiyatlarga ega? Baxtli oila qurish uchun faqat sevgi yetarli emasmi?

