• Muallif: Averkieva Viktoriya
• Og‘irligi (kg): 0,449
• Muqova: Qattiq
• Sahifa: 352
• Eni (mm): 142
• Balandligi (mm): 217
Viktoriya Averkieva — klinik psixolog, “Qayta aloqalashuv” (“Dobayukivanie”) amaliyotlari muallifi, to‘rt farzandning onasi va insonning ichki chuqur mohiyatiga yetaklovchi yo‘lboshchi.
Har birimiz ichida kichik bola bor. Bu bizning bir qismimiz bo‘lib, u bolalikdagi barcha xotira va taassurotlarni saqlaydi. Bolalikdagi og‘riqning muddati yo‘q — qancha yoshda bo‘lmaylik, ichidagi bola yana-yana o‘sha og‘riqni boshdan kechirishi mumkin. Ammo shuni tan olish kerakki, bu ichki bolani faqat o‘zinggina tinchlantira olasan. Qanchalik kimnidir uchratib, u seni sevsin, bag‘riga bosin deb orzu qilma — bu ish faqat sening qo‘lingda.
Ushbu kitob “qayta aloqalashuv” orqali o‘zingni erkalatish, sevimli va intiqlik bilan kutilgan farzand sifatida dunyoga kelganingni qayta his etish imkonini beradi.
• o‘zingga ishonish va o‘z qiymatingni his etishga;
• dunyoga mehr bilan kelgan tajribani qaytadan boshdan kechirishga;
• ona doimo borligini va u qanday vaziyat bo‘lmasin, ketmasligini his etishga;
• o‘zingga va dunyoga ishonishni o‘rganishga;
• ichki tayanchni shakllantirishga.

