«Biznes na svoi» (O‘z mablag‘ingga biznes) — yirik investitsiyalar va tashqi investorlarni jalb qilmagan holda shaxsiy biznesini ochishni orzu qiluvchilar hamda tadbirkorlar uchun amaliy kitobdir.
Muallif Dmitriy Kibkalo tadbirkorlik tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va faqatgina o‘z resurslariga tayangan holda biznes yaratish hamda uni rivojlantirish yondashuvlari haqida so‘zlab beradi. Kitob cheklangan budjetni to‘g‘ri taqsimlash, xarajatlarni nazorat qilish, o‘sish imkoniyatlarini topish va oqilona moliyaviey qarorlar qabul qilishni tushunishga yordam beradi.
Kompaniyani mustaqil rivojlantirish, samarali biznes-modelni izlash, pul oqimlarini boshqarish (cash flow) hamda tashqi moliyalashtirishga haddan tashqari qaram bo‘lmagan barqaror biznes qurishga alohida e’tibor qaratilgan.
Kitob tadbirkorlarni harakat qilishga, xavf-xatarlarni oqilona baholashga va uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanishga undaydi.
«Biznes na svoi» yangi boshlayotgan tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes egalari, startap asoschilari hamda o‘z ishini rivojlantirmoqchi bo‘lgan barcha uchun foydali bo‘ladi.

