Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari, Kel Nyuport
Ishda, oʻqishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalgʻitadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. Diqqatni jamlab, chalgʻimasdan oʻz faoliyati bilan shugʻullanish muammoga aylangan zamonda professor oʻzining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi. Teran ish — bu kognitiv jihatdan talabchan vazifadan chalgʻimasdan diqqatni jamlash qobiliyati. Bu sizga murakkab maʼlumotlarni tezda oʻzlashtirish va qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga erishish imkonini beradigan mahoratdir. Teran ish sizni qilayotgan ishingizni samaraliroq qiladi va ish jarayonida haqiqiy qoniqish hissini beradi.“Avtomatlashtirish va autsorsing ish joyini qayta shakllantirar ekan, bizga qanday yangi koʻnikmalar kerak? Teran ishlarni bajarish qobiliyati. Kel Nyuportning qiziqarli yangi kitobi chalgʻimaydigan muhitda diqqatni jamlash uchun qoʻllanma boʻlib, tez, chuqur oʻrganish va ishlatish mumkin. Bunga aqlingiz uchun gimnastika sifatida qarang va mashq dasturingizni bugundan boshlang.”

