Dior Forever Glow Skin №05 — tonal krem va konsiler nabori
Yuz uchun mo‘ljallangan ushbu kosmetik nabor makiyajni yanada chiroyli va mukammal ko‘rsatishga yordam beradi. Tonal krem yuz terisi rangini vizual tekislash, mayda nuqsonlarni yashirish va teriga tabiiy, yorqin ko‘rinish berish uchun ishlatiladi. Konsiler esa ko‘z ostidagi qoramtir joylar va yuzdagi ayrim nuqsonlarni qo‘shimcha niqoblashga yordam beradi.
Qadoqdagi ma’lumotlarga ko‘ra, tonal krem 24 soatgacha chidamlilik, namlantiruvchi xususiyat va SPF 15 keng spektrli quyoshdan himoyaga ega.
Afzalliklari:
Kundalik va bayramona makiyaj uchun foydalanish mumkin.
Foydalanish boyicha yoriqnoma
Toza va namlantirilgan yuz terisiga oz miqdorda tonal krem surting. Uni gubka, cho‘tka yoki barmoqlar yordamida yuzning markazidan chetlariga qarab tekis taqsimlang. Konsilerni ko‘z ostiga va qo‘shimcha niqoblash kerak bo‘lgan joylarga surting. Tabiiy ko‘rinish hosil bo‘lguncha yaxshilab yoying.

