Dior Backstage Eye Palette 007 Coral Neutrals — Dior moda namoyishlari sahna ortidagi professional vizajistlar tajribasidan ilhomlanib yaratilgan ko‘z soyalari palitrasi. Ushbu palitra kundalik tabiiy makiyajdan tortib yorqin kechki obrazlargacha yaratish imkonini beradi. Issiq marjon, shaftoli va neytral ranglar uyg‘unligi ko‘zlarga yorqinlik va chuqurlik bag‘ishlaydi hamda turli teri ranglariga mos keladi.
Palitra tarkibida 9 ta yuqori pigmentli rang mavjud. Ular mat, satin, metallik va yaltiroq (shimmer) teksturalarni o‘z ichiga oladi. Birinchi sektor baza (primer) sifatida ishlaydi, qolgan ranglar esa bir-biri bilan mukammal uyg‘unlashib, turli uslubdagi makiyajlarni yaratishga yordam beradi. Soyalar oson surtildi, yaxshi qatlamlanadi va silliq tarqaladi.

007 Coral Neutrals palitrasi iliq korall, shaftoli, oltin, terrakota va jigarrang tuslarni o‘zida jamlagan. Ushbu ranglar ko‘zlarni yanada ifodali ko‘rsatadi, tabiiy kundalik makiyaj hamda yorqin bayramona obrazlar yaratish uchun mos keladi.
Yuqori pigmentatsiyali formula kun davomida rangning yorqinligini saqlaydi. Soyalar deyarli to‘kilmaydi, bir tekis surtiladi va professional natijaga erishishga yordam beradi. Ixcham qadoq uni har kuni foydalanish va safarlarda olib yurish uchun qulay qiladi.
Xususiyatlari:
Turi: ko‘z soyalari palitrasi.
Ranglar soni: 9 ta.
Teksturalari: mat, satin, metallik va shimmer.
Baza (primer): mavjud.
Rang: 007 Coral Neutrals.
Og‘irligi: 10 g.

