Dinozavrlar ko‘p million yillar avval yashagan. Biroq hozirgi kunga qadar ulkan va noyob sudralib yuruvchilar nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham o‘ziga sehrlab kelmoqda. Bahaybat jonivorlar filmlar, multfilmlar qahramoniga aylanishgan, o‘zlarining yumshoq o‘yinchoqlar ko‘rinishida yangi hayotlarini boshlashgan.
Dinozavrlar chindan ham mavjud bo‘lganligini hamma yaxshi biladi. Lekin brontozavrning bo‘yi necha metr ekanligini yoki tirannozavrning qanday kuchga ega bo‘lganligini hamma ham biladimi? Salobatli, kuchli, o‘z yo‘lida uchragan hamma narsani yakson qilib ketaveradigan ulkan yirtqichlar shafqatsiz vahshiylar bo‘lganiga ko‘pchilikning ishonchi komil. Biroq aslida unday emas. Dinozavrlar orasida faqat o‘simliklar bilan oziqlangan beozorlari ham uchraydi. Eng qadimiy dinozavrning suyaklari qayerda topilganini, afsonaviy hayvonlarning nomi qanday tarjima qilinishini bilish hammaga ham qiziq bo‘lishi shubhasiz.
Ushbu kitob nega, nimaga deb hadeb so‘rayveradigan, o‘zini o‘rab turgan muhitga qiziquvchi kichkintoylar, vaqt uzra sayohat qilishga tayyor bo‘lganlar, sayyoramiz sirlariga qiziquvchilar va qachondir ushbu sirlarni yechishni orzu qilganlar uchun mo‘ljallangan. Inson bo‘lajak kasbini bolalik chog‘idan tanlaydi. Kim biladi, ehtimol orangizda ham kimdir bir necha yillardan so‘ng mashhur tadqiqotchi-olimga, paleontologga aylanib, sirli va ajoyib jonivorlar sayyoramizdan allaqachon g‘oyib bo‘lgan dinozavrlar haqida biz bilmagan yangiliklarni kashf qilar.
ISBN : 978-9943-7144-9-6
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 96
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2021
Nashriyot : Ўзбекистон
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

