Ayol qalbi sirlarga to‘la, ayol donishmandligi, ayol sadoqati hayratlanarli. Dilsora Komil sheʼrlari qalbi nafis Ayol siymosining so‘zlardagi ifshosi.
Qo‘lingizda shoiraning navbatdagi to‘plami. Shu choqqacha sheʼr oshuftalari uning «Nurli kechalar», «Topmadim sayyodi dil», «Qoyadagi qiz» kabi kitoblari bilan tanish. Ushbu sahifalarda esa uning so‘nggi yillarda yozgan yangi bitiklari jamlandi.
Shoira hayotni sevadi, hayotning maʼnosi ishq va odamiylikdan iboratligini tushunadi. U ayol qalbini, ayol qudratini o‘zi ko‘rgan tajribalar va olgan ilmlar asosida anglatishga intiladi. Uning yozganlari o‘z hayotining tarjimasi ekanligini sinchkov kitobxon darhol tushunadi. Sheʼrlarda faqat Dileora Komilga xos shiddat, mayinlik, hikmat va falsafa ufurib turadi:
ISBN : 978-9910-9761-0-0
Qog‘oz formati : А6
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 256
Chop etilgan yili : 2023
Nashriyot : Tavfiqnashr
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha

