Qo'lingizdagi kitobni insoniyat tarixidagi eng shonli va eng murakkab davr-XX asrning bir oila hayotida aks etgan qayg'ulari, quvonchlari solnomasi deyish mumkin. O'tgan yuzyillikda xalqimiz boshidan kechirgan yirik va mudhish voqea-hodisalar alohida olingan insonlar taqdiri misolida rejissyorning nigohi, yozuvchining nazari, olimning tahlili, faylasufning mushohadasi... eng muhimi, cho'ng inson qalbi bilan badiiy idrok etilgan. Kitobni mutolaa qilarkansiz, ko'nglingiz to'lqinlanib, ko'zingiz yolqinlanib, shuuringiz sergaklanib, tafakkuringiz tiniqlashib boradi. O'zingizga, umringizga va hayotingizga boshqacha rakursdan boqasiz. Biz bunga ishonamiz!
ISBN : 9789910858222
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 301
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Академнашр
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz
Muallif : Dilorom Karimova

