Ushbu kitobda bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan ikki yoshning baxt ostonasida hayot sinovlariga to‘qnash kelganlari, muhabbatlari sabab har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tganlari tasvirlangan. Bu asar ayolning metindek irodasi, tog‘dek bardoshi hayotning achchiq sinovlariga dosh bergani va bunday chigal muammolarni yengib, oilasini saqlab qolgani haqida hikoya qiladi. Mazkur kitob o‘quvchilarga manzur bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

