Ushbu kitob insonning ichki dunyosi, uning fikrlari, his-tuyg‘ulari va hayotimizga ta’sir qiluvchi holatlar haqidadir. Har kuni inson qo‘rquv, xavotir, xafalik, aybdorlik hissi, ichki ziddiyatlar va turli kechinmalar bilan to‘qnash keladi. Ko‘p hollarda aynan shu holatlar ruhiy azoblar, hayotdagi qiyinchiliklar va hatto jismoniy kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Biz ko‘pincha muammolarimizning sababini tashqi omillardan — sharoitlardan, odamlardan yoki taqdirdan izlaymiz. Ammo haqiqiy sabablar aksar hollarda o‘zimizda — fikrlarimizda, ishonchlarimizda, qo‘rquvlarimizda va hayotga bo‘lgan munosabatimizda yashirin bo‘ladi. Ushbu kitob insonga ana shu ichki jarayonlarni anglashga, ularning mohiyatini tushunishga va o‘z holatini boshqarishni o‘rganishga yordam beradi.
ISBN : 9789943030152
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 224
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

