• Qattiq muqova, 125 bet, lotin yozuvida, Ziyo nashr mahsuloti
Muhabbat insonga Yaratgan tomonidan ato etilgan eng oliy tuyg‘udir. Bu tuyg‘u asrlar mobaynida shoirlami qalam tebratishga undab kelgan qudrat manbayidir. 0 ‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub ushbu she’riy guldasta inson qalbining inja tuyg‘usi - muhabbatga bag‘ishlangan she’rlaridan saralandi.
Oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2019-yil Toshkent shahrida „Ziyo nashr“ nashriyotida chop etilgan.
Toʻplamga shoir turli yillarda muhabbat mavzusida yozgan 96 sheʼr, shu jumladan, „Qaro qoshing“, „Bir tomchi yosh“, „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Tun bilan yigʻlabdi bulbul“, „Barcha shodlik senga boʻlsin“, „Uygʻotmagil“, „Dutorim tori ikkidur“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Dildorga noma yozdim“ va „Dilda ishq daryochadir“ sheʼrlari kiritilgan. Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. Toʻplam lotin yozuvida chop etilgan.

