Glyutensiz va shakarsiz sarimsoqli amarant nonlari - nonga ajoyib muqobil bo‘ladi. Amarant uni parhez taomlar guruhiga kiradi. Asosiy qimmatli xususiyati - glyutenning mutlaqo yo‘qligi, ovqat tolalari va oqsilning ko‘pligi. Tarkibidagi topinambur ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali bo‘lib, tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘ladi. Mustaqil tamaddi sifatida yoki pishloqli sendvich yoki ko‘katli tvorog uchun asos sifatida juda mos keladi.

