Tirana. Yaqin kelajak. Shaharni "Nizom"-mutlaq mantiq va hisob-kitobga asoslangan oliy Sun'iy ong boshqarmoqda. Bu yerda jinoyat,korrupsiya,baxtsizlik yo'q. Chunki insoniy hissiyotlar-qo'rquv,sevgi,nafrat-"xatolik"sifatida jamiyatdan supurib tashlangan.
Ammo bir kuni Diala-"Nizom"ning ovozli interfeysi-tizimda kutilmagan "virus"ni payqab qoladi.Bu virus tarmoqdan tashqarida yashovchi yolg'iz yigit-Adriandan kelayotgandi.Uning ismi-"ichki shovqin",uning quroli esa-oddiy so'zlar edi.
Diala bu "xato"ni o'chirish o'rniga,uni... tinglashni boshlaydi. Va hissiz mashina ilk bor dahshatli haqiqatni anglaydi:"His qilish-anglashning og'rig'idir".
Qattiq muqovali,krill alifbosida yozilgan.224 bet.

