Bu kitobda oilada uchraydigan ko‘plab masalalar o‘z aksini topgan. Nikoh, er-xotin munosabatlari, o‘zaro hurmat-eʼtibor, farzandlar tarbiyasi borasidagi qaydlar sizga manzur bo‘ladi. Ayniqsa, mashhur shaxslar va oddiy insonlar hayotiga doir voqealar qalbingizdan joy oladi.
Kitobda mehr-muhabbat, vafo-sadoqat, olijanoblik bilan birga xiyonat, razolat, jinoyat dunyosidagi kirdikorlar ochib beriladi. Muallif barcha kechmishlarni, turli qarashlar, nuqtai nazar va tamoyillarni oila bilan bog‘lab, teran mushohada yuritadi. Insonning naqadar metin, kuchli iroda egasi ekanligini eʼtirof etib, baʼzi hollarda esa, aksincha, ojiz, notavon mavjudotga aylanishini misollar bilan tushuntiradi.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

