Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida e’tibor qaratadi. Insonlarning o‘zaro muomala madaniyati, o‘zini tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro‘-e’tibor topish mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma’ruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi an’anasiga ko‘ra, misollar tariqasida keltiriladi.
Ushbu to‘plam Deyl Karnegining "Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida", "O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati” va “Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari" kitoblarining yaxlit ko‘rinishidir. Ko‘plab kitobxonlarning talab-istaklari asosida chop etilgan mazkur tuhfa kutubxonangiz javonidan munosib joy oladi, degan umiddamiz.
O‘qing, uqing, qo‘llang, Ana shunda hayotingizda yangi sahifalar ochilganiga ishonch hosil qilasiz.

