• Turkum: Devoriy svetilnik-girlyanda (Sakura shoxi)
• Nur manbai: 96 ta energiya tejamkor svetodiodlar (LED)
• Ishlash rejimlari: 8 xil yorug'lik effekti (dinamik va statik)
• Boshqaruv: Masofadan boshqarish pulti (pult) jamlanmada bor
• Qo'shimcha funksiyalar: Yorqinlik darajasini sozlash va avtomatik o'chish taymeri
• Quvvat turi: USB ulanish (5V), Power Bank va adapterlarga mos keladi
• Gullar materiali: Yuqori sifatli mayin pushti rangli tekstil (mato)
• Konstruksiya xususiyati: Egiluvchan karkas (shoxchalarni istalgancha burish mumkin)
• Suvdan himoya: Namlik va suv chayqalishidan himoyalangan (balkon va ayvonbop)
• Vazifasi: Uy interyeri dizayni, yotoqxona va bolalar xonasi uchun tungi chiroq
Uyingiz interyerini o'zgartirishni va unga Pinterest uslubidagi sehrli muhitni qo'shishni xohlaysizmi? Sakura devoriy svetilnik-girlyandasi — bu shunchaki yorug'lik manbai emas, balki xonangiz ko'rinishini butunlay yangilaydigan to'laqonli dekorativ elementdir!
Ushbu dizaynerlik svetilnik mahsuloti gullanayotgan gilos (Sakura) shoxi ko'rinishida ishlangan. Kunduzi yumshoq tekstildan yasalgan och pushti gullar devorning ajoyib bezagi bo'lib xizmat qilsa, kechki payt ular xonada shinamlik va iliqlik muhitini yaratuvchi go'zal tungi chiroq vazifasini bajaradi.
Mahsulotning asosiy afzalliklari:
Yumshoq va sifatli yorug'lik: Shoxcha 96 ta yuqori sifatli svetodiodlar bilan jihozlangan. Sifatli issiq nur ko'zni qamashtirmaydi, charchatmaydi va salomatlik uchun mutlaqo xavfsizdir.
Masofaviy boshqaruv: To'plamda qulay pult mavjud. Ortiqcha harakatlarsiz chiroqni yoqing, o'chiring va rejimlarni sozlang!
8 xil yorug'lik rejimi va yorqinlikni sozlash: Kayfiyatingizga va kunning vaqtiga qarab miltillovchi bayramona yoki tinchlantiruvchi sokin yorug'likni tanlang.
Taymer funksiyasi: Maksimal qulaylik va elektr energiyasini tejash uchun avtomatik o'chish vaqtini belgilang.
Egiluvchan konstruksiya: Mustahkam shoxchalar osongina egiladi. Siz ularga xohlagan shaklingizni berib, uyingiz devoriga mos noyob kompozitsiyalar yaratishingiz mumkin.
Universal USB ulanish: Adapter orqali rozetkadan, Power Bank, televizor yoki noutbukdan ishlaydi. Kabel uzunligi 2 metrni tashkil qiladi, bu esa joylashtirishda to'liq erkinlik beradi.
Suvdan himoya: Namlikka chidamli korpusi tufayli ushbu svitelnik modelini balkonda, yopiq terassada yoki uyga kirish qismida ham ishlatish mumkin.
Ushbu universal tungi chiroqlar har qanday xonaga mos keladi. U bolalar xonasi uchun ajoyib tanlovdir (bolajonlar bunday yorug'likda qo'rqmasdan, mamnuniyat bilan uxlab qolishadi). Shuningdek, yotoqxonada karovvat tepasiga yoki mehmonxonaga o'rnatish uchun ham juda mos keladi. O'zbekistonda xaridorlar ushbu turdagi jihozlarni ko'pincha sivitinik yoki svitilniklar deb ham qidirishadi.
Dizayner maslahati: To'plamga 1 ta shoxcha (1.8 metr) kiradi. To'shak boshi yoki devorda yanada serhasham, qalin va to'liq kompozitsiya yaratish uchun 2 yoki 3 ta shoxchani birgalikda sotib olishni tavsiya etamiz.
Uyingizga go'zallik va iliqlik olib kiring. Ushbu nafis mahsulot tug'ilgan kun, ko'ch-ko'ch yoki har qanday bayram uchun ajoyib sovg'a bo'la oladi!

