Inson ruhining qudrati, uyini yo‘qotish va yangi maskan topish, haqiqiy do‘stlar orttirish hamda o‘ziga sodiq qolish haqida zamonaviy va ta'sirli hikoya. Ba'zan eng kichik inson ham buyuk ishlarni amalga oshirishga qodir bo‘ladi. Odamlar dunyosini Illuziya egallab olganida, sehrli mavjudotlar himoyaga muhtoj bo‘lib qoladi. Jangchilar Prasad va Vasu insonlar kira olmaydigan xavfsiz maskan — Boshpanani yaratadilar. Ammo u yerga Vidjaya ismli kichkina qiz kelganidan so‘ng tinchlik buziladi. Ayrim sehrli mavjudotlar uning ortidan odamlar ham keladi, bu esa katta kulfatni boshlab beradi, deb xavotirga tushadilar.

