Deutsch Intensiv – Wortschatz A1 – boshlang‘ich darajadagi (A1) o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zamonaviy lug‘at darsligi bo‘lib, nemis tilida eng ko‘p uchraydigan so‘z va iboralarni o‘rganish, mustahkamlash va amaliy qo‘llash uchun tuzilgan. Kitobda mavzular bo‘yicha bo‘lingan lug‘atlar, rasmlar asosidagi mashqlar, gap tuzish, bo‘sh joylarni to‘ldirish, moslashtirish, sinonim-antonym mashqlari mavjud.
U o‘quvchi va talabalar, abituriyentlar, tilni mustaqil o‘rganuvchilar, til kursiga qatnaydiganlar hamda A1 imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun juda qulay qo‘llanma hisoblanadi. Kitob kundalik hayotda ishlatiladigan asosiy so‘zlar, iboralar va grammatik jihatdan sodda tuzilgan gaplar orqali o‘rganuvchining lug‘at boyligini tez kengaytiradi.
Mazkur nashr Klett nashriyotiga tegishli bo‘lib, sifatli mazmun, sodda strukturasi va intensiv mashqlari bilan ajralib turadi. CD diski keltirilmagan, biroq mustaqil ishlash uchun barcha materiallar kitob ichida to‘liq berilgan.

