Bolalar uchun boxing to‘plami — bu farzandingizni sportga jalb qiladigan, qiziqarli va foydali o‘yinchoqdir. Ushbu to‘plam yordamida bola ortiqcha energiyasini chiqaradi, shu bilan birga refleks, tezkorlik va koordinatsiya rivojlanadi.
Mahsulot balandligi 90–126 sm oralig‘ida sozlanadi, bu esa turli yoshdagi bolalar uchun moslashuvchanlik yaratadi. Mustahkam taglik va sifatli materiallar xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi. 360° aylanuvchi to‘p esa mashg‘ulotni yanada qiziqarli va dinamik qiladi.
To‘plam ichida qo‘lqoplar ham mavjud bo‘lib, bola o‘zini haqiqiy bokschidek his qiladi. Ushbu o‘yinchoq nafaqat uy sharoitida, balki tashqarida ham bemalol foydalanish mumkin.
👉 Farzandingizni gadjetlardan chalg‘iting va uni sog‘lom hayot tarziga o‘rgating!

