Farzandingizga qulaylik va yoqimli uyquni taqdim eting! Ushbu chiroyli qizlar uchun pijama to'plami yumshoq va tabiiy 100% paxtadan tayyorlangan. To'plam qisqa yengli futbolka va erkin bichimdagi shimdan iborat bo‘lib, nafis olcha naqshi bilan bezatilgan.

Tabiiy mato havoni yaxshi o‘tkazadi, terini bezovta qilmaydi va kun davomida qulaylik yaratadi. Uyda kiyish, uxlash, bog‘chaga borish yoki sayohatlarda foydalanish uchun juda mos. Mato ko‘p marotaba yuvilgandan keyin ham o‘z shakli va rangini saqlab qoladi.

