Bolalar uchun mo‘ljallangan ikki tomonlama yog‘och rasm va yozuv doskasi — bu o‘yin va ta’limni birlashtiruvchi ajoyib o‘quv vositasi. Daskaning bir tomoni qora (bo‘r bilan yozish uchun), ikkinchi tomoni esa oq (marker bilan yozish va chizish uchun) bo‘lib, bolaga turli mashg‘ulotlarni bajarish imkonini beradi.
Ushbu doska yordamida bola chizish, yozish, harflar va raqamlarni o‘rganish, oddiy misollarni yechish orqali mantiqiy fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Vertikal konstruksiyasi bolaga qulay holatda foydalanish imkonini beradi hamda mustahkam yog‘och materialdan tayyorlangani sababli uzoq muddat xizmat qiladi.
Uy sharoitida, bolalar bog‘chasida yoki rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar uchun juda mos. Materiallari xavfsiz bo‘lib, bolalar salomatligi uchun zararsiz.
Afzalliklari:
Ikki tomonlama dizayn (bo‘r va marker uchun)
Mustahkam va ekologik yog‘och material
Ijodkorlik va tafakkurni rivojlantiradi
Vertikal, qulay va barqaror konstruksiya
Uy va ta’lim muassasalari uchun mos

