• Sano barglari ichak faoliyatini rag‘batlantirib, tozalovchi ta’sir ko‘rsatadi
• Dolchin moddalar almashinuvini faollashtirib, yog‘larni parchalanishiga yordam beradi
• Zanjabil qon aylanishini yaxshilab, immunitetni mustahkamlaydi
• Yalpiz hazm qilishni yengillashtirib, shish va og‘riqlarni kamaytiradi
• Dafna bargi toksinlarni chiqarishga va moddalar almashinuvini yaxshilashga hissa qo‘shadi
• Ko‘k choy antioksidantlarga boy bo‘lib, energiya beradi va ortiqcha vaznga qarshi kurashadi
• Valeriana asab tizimini tinchlantiradi, stressni kamaytiradi
• Arpabodiyon (fenxel) shishlarni kamaytiradi va hazmni yaxshilaydi
• Limon o‘ti (lemongrass) organizmdan suyuqlikni chiqarib, detoksikatsiya jarayonini tezlashtiradi
Detoks Kun – bu tabiiy o‘simlik choyi bo‘lib, tanani zararli moddalar va toksinlardan tozalash, ichak faoliyatini yaxshilash va vaznni nazorat qilishga yordam beradi. Maxsus tanlangan tarkib – sano barglari, dolchin, zanjabil, yalpiz, dafna bargi, ko‘k choy, valeriana, fenxel va limon o‘ti (lemongrass) – birgalikda organizmni tozalash jarayonini kuchaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi va umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sano barglari ichak peristaltikasini faollashtirib, zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi. Dolchin moddalar almashinuvini tezlashtirib, yog‘larning parchalanishini rag‘batlantiradi. Zanjabil qon aylanishini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi va tanaga issiqlik beradi. Yalpiz hazm jarayonini yengillashtiradi, oshqozonda og‘riq va shishni kamaytiradi. Dafna bargi esa toksinlarni chiqarishga yordam berib, umumiy tozalash jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ko‘k choy tarkibidagi tabiiy antioksidantlar ortiqcha vazn bilan kurashishga va energiya berishga xizmat qiladi. Valeriana asab tizimini tinchlantiradi, stressni kamaytiradi va kechqurun ichilganda uyqu sifatini yaxshilaydi. Fenxel shish va gazni kamaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Limon o‘ti esa organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib, detoks jarayonini tezlashtiradi va tetiklantiruvchi xushbo‘y ta’m beradi.
Detoks Kun – bu nafaqat ichki tozalash vositasi, balki kun davomida tetiklik, yengillik va qulaylik baxsh etuvchi tabiiy choy. Kundalik hayotdagi stress, notog‘ri ovqatlanish yoki faol bo‘lmagan turmush tarzidan keyin organizmingizni tabiiy yo‘l bilan tiklashga yordam beradi. O‘zingizni engil va tetik his qilish uchun Detoks Kun bilan yangi kunni boshlang!


