Shunchaki aql bovar qilmaydi! Eng mashhur mushuk-detektiv Uinston Cherchill yana ishga kirishdi! Chunki uning oilasi xavf ostida qoldi. Fantom laqabli kimsa Kira va uning oilasiga tahdidli xatlar yubormoqda. Avvaliga sirli jinoyatchi Vernerning mashinasi va buvisining sumkasini o‘g‘irladi, keyin esa... Odetta va Uinstonning mushuklari! Mo‘ylovli izquvar juda g‘azablangan: hech kim uning bolalarini xafa qilishga jur’at etolmaydi! U shunchaki ularni topib, Fantomni fosh qilishi kerak. Lekin ko‘rinmas va iz qoldirmaydigan bo‘lsa, uni qanday tutish mumkin?

