Gollivud aktyorlarining qizi bilan kanadalik oddiy baliqchining o‘rtasida qanday umumiylik bo‘lishi mumkin? Ehtimol, hech narsa — ularning Vegasdagi mast-alast kayf-safo paytida tuzilgan tasodifiy nikohi bor-yo‘g‘i o‘n ikki soat davom etgani ajablanarli emas. Ular bir-birlariga aytadigan hech narsa yo‘q: Xarlou Gollivudda karyera qurishni maqsad qilgan, Finn esa hayotida baliq va qayiqlardan boshqa hech narsani ko‘rmagan. Yoshlar faqat to‘shakda bir-birlarini tushunishardi.
Vegasda bo‘lgan hamma narsa faqat Vegasda qolishi kerak — ayniqsa, Xarlouning uyida jiddiy muammolar bor. Qiz yigitlarni unutib yuborgandi - ehtimol, ona shahri San-Diyegodagi "Starbucks"ga borguncha va u yerda kutilmaganda Finnni uchratgunga qadar unga shunday tuyulgandir. Va... uning hayotida hamma narsa ostin-ustun bo‘lib ketadi. O‘z va ko‘chma ma’nolarda!

