Teringiz uchun haqiqiy "vitaminli qalqon"! Dermashare UV Shield Vitamin Sun Block – bu nafaqat quyoshdan himoya, balki teringizni yoshartiruvchi va rangini tiniqlashtiruvchi professional parvarishdir.
Nega bu mahsulotni tanlashadi?
- Vitaminli quvvat: Tarkibi vitaminlar bilan boyitilgan bo‘lib, u charchagan va nursiz teriga sog‘lom jilo (glow effect) beradi.
- Uch tomonlama ta’sir: 1. Maksimal himoya (SPF 50+ PA++++): Ultrobinafsha nurlardan ishonchli to‘siq. 2. Oqartirish (Whitening): Pigment dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi va teri rangini bir tekis qiladi. 3. Ajinlarga qarshi (Anti-Wrinkle): Terining elastikligini oshiradi.
- Luks tekstura: Kremi juda yengil va "qimmatbaho" teksturaga ega. Terida tez so‘riladi, yopishqoqlik yoki og‘irlik hissini qoldirmaydi.
- Katta hajm: 70g hajm – uzoq vaqt davomida foydalanish uchun juda tejamkor va qulay.
Kimlar uchun? Teri rangi notekis, dog‘larga moyil va quyoshdan ishonchli himoya bilan birga yoshartiruvchi effekt xohlovchilar uchun ideal tanlov.
4. Qo‘llash usuli
- Ertalabki yuz parvarishidan so‘ng (toner, sarum yoki kremdan keyin) foydalaning.
- Yetarli miqdordagi kremni yuz, bo‘yin va quyosh nuri tushadigan boshqa ochiq joylarga surting.
- Makiyaj ostidan baza sifatida ham ishlatsangiz bo‘ladi, tonal kremlar silliq va chiroyli yotadi.