Yigirma yil davomida Zeba mehribon rafiqa, sabrli ona va osoyishta hayot kechiruvchi qishloq ayoli bo‘lib yashadi. Biroq, eri Kamolning hovlida bolta bilan vahshiylarcha o‘ldirilgan holda topilishi ortidan uning tinch hayoti ostin-ustun bo‘lib ketadi va voqea shiddatli bir jinoyat sirlarini ochish jarayoniga aylanadi. Qattiq zarba tufayli karaxt ahvolga tushib qolgan Zeba erining o‘limi vaqtida qayerda bo‘lganini tushuntirib berolmaydi. Farzandlari onalari bunday mudhish jinoyatni sodir etgan bo‘lishi mumkin emasligiga qat’iy ishonadilar. Kamolning oilasi esa ayb aynan Zebada ekanligiga amin bo‘lib, adolat talab qiladi.

