Oynaga plenka – uy, ofis, balkon, do‘kon va boshqa xonalar oynalari uchun zamonaviy va amaliy yechim. Ushbu o‘zi yopishadigan plenka (samokleyka plenka) quyoshdan himoya qiladi, tashqaridan ko‘rinishni kamaytiradi va xonaga estetik ko‘rinish beradi. Dekorativ plenka sifatida interyer dizaynini boyitadi, oynani bezatadi va qo‘shimcha maxfiylik yaratadi.
Oyna uchun plenka quyosh nurlarining kirishini kamaytirishga yordam beradi, shu bilan birga yorug‘likni saqlab qoladi. Quyoshdan himoya funksiyasi xonani salqinroq saqlashga, mebel va pardalarning rangini uzoq vaqt davomida asrashga yordam beradi. Dekorativ oynaga plenka turli xil xonalar uchun mos bo‘lib, oshxona, mehmonxona, yotoqxona, hammom, ofis va savdo nuqtalarida keng qo‘llaniladi.
Samokleyka plenka oson o‘rnatiladi, maxsus asbob-uskunalarsiz oynaga yopishtiriladi va kerak bo‘lganda iz qoldirmasdan olinadi. O‘zi yopishadigan plenka namlikka chidamli bo‘lib, kundalik foydalanish uchun qulay. Oyna dekori, oynaga bezak, dekorativ oyna qoplamasi va maxfiylik plenkasi sifatida ham ishlatiladi

