Mum isitgich (voskoplav) depilyatsiya uchun mum granulalarini eritish uchun mo‘ljallangan. Uni uyda ham, go‘zallik salonida ham ishlatish mumkin. Qurilma mumni bir tekis isitadi, shuning uchun mum surtish uchun qulay holatga keladi.
Xususiyatlari
- Silikon korpus va idish
- Ichki yuzasi yopishmaydigan qoplamali
- Mumni bir tekis isitadi
- Ishlash indikatori
- Shaffof qopqoq va ikki yon tutqich
Hajmi
Idish hajmi taxminan 200–500 ml. Bir martada kerakli miqdordagi granulani eritish mumkin.
Qanday ishlatiladi
- Idishga mum granulalarini soling
- Qopqoqni yoping va qurilmani yoqing
- Mum eriganda yog‘och spatula bilan aralashtiring
- Ishlatishdan oldin mum haroratini bilak ichida tekshirib ko‘ring
Parvarish
- Qurilmani tarmoqdan uzib, soviganidan keyin tozalang
- Silikon idishdagi qotgan mum oson ajraladi
- Asosni suvga botirmang, nam mato bilan arting