Bir vaqtning o‘zida ham pardoz, ham parvarish! Deoproce CC kremi teringizning tabiiy rangiga moslashuvchi aqlli texnologiyaga ega. U yuzdagi qizarishlar va notekisliklarni yashiradi, terini ichidan yoritadi va kun bo‘yi yangi qiyofada saqlaydi. SPF50+ darajasi teringizni quyoshning eng zararli nurlaridan ham ishonchli himoya qiladi.
Asosiy xususiyatlari:
- Rang korreksiyasi: Krem surilganda oq rangda bo‘ladi, lekin teriga tegishi bilan mayda kapsulalar erib, teringiz rangiga aynan moslashadi.
- Maksimal himoya: SPF50+ PA++++ filtri pigment dog‘lar va erta ajinlar tushishidan saqlaydi.
- Yengil tekstura: Terini og‘irlashtirmaydi, poralarni (teshiklarni) berkitib qo‘ymaydi.
- Oqartirish va namlash: Tarkibidagi komponentlar terini yoshartiradi va mayda ajinlarni tekislaydi.
Tarkibi (Sostavi): Suv, niatsinamid (oqartirish uchun), adenozin (ajinlarga qarshi), gidrolizlangan kollagen, o‘simlik ekstraktlari majmuasi, quyoshdan himoya qiluvchi mineral va kimyoviy filtrlar, gialuron kislotasi.
Qanday ishlatiladi?
- Tozalangan va namlangan yuzga oz miqdorda surting.
- Barmoq uchlari bilan aylana harakat qilib yuzga tarqating (kapsulalar erib, rang o‘zgarguncha).
- CC krem teriga to‘liq moslashishi uchun 1-2 daqiqa kuting. Alohida tonal krem ishlatish shart emas.