• Niqob, Patchi-pedlar, Qizarish-yuqori sezuvchanlik, Teshiklar-yog’ bezlari
• Barcha teri jimladan sezuvchan yuz terisi uchun
Tinchlantiruvchi toner-ped 1025 Dokdo Pad tozalash bosqichidan asosiy parvarish qilish uchun bog‘lovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Paxtali matodan tayyorlangan pedlar ikki tomoni alohida xususiyatga ega: qavilgan tomoni o‘lik hujayralarni, sebum va ifloslanish qoldiqlarni olib tashlashga yordam beradi, silliq tomoni optimal ishqorli kislota muvozanatini tiklashga hamda terini pervarish qilish uchun tayyorlashga yordam beradi.
Mahsulot tarkibidagi dengiz suvi Ullindo oroli yaqinida 1500 m chuqurlikda qazib olinadi, u o‘zining maxsus mikroiqlim, flora va faunasi bilan mashhur. U noyob kimyoviy maddalarga, minerallarga, aminokislotalarga boy, gidrolipid muvozanatini samarali tartibga soladi, terining suv muvozanatini saqlashga yordam beradi. Glyukonolakton yumshoq eksfoliator ta'sirga ega bo‘lgan PHA kislotalari guruhiga kiradi, teri hujayralarining yangilanishini rag‘batlantiradi, shuning uchun teri yanada mayin va nafis ko‘rinadi. Bundan tashqari, u terida namlikni saqlaydi, ajinlarni tekislaydi, nozik sezuvchanlik teriga mos keladi.
Past pH vositalari (pH 4.0~5.0) tabiiy himoya to‘siqni saqlab qolish uchun yordam beradi, teri mikroflorasi hayoti uchun optimal shart-sharoitlar yaratadi. Allantoin, pantenol va betain tinchlantiruvchi ta'sirga ega va tashqi salbiy ekologik omillar tufayli terining yallig‘lanishini bartaraf etishga yordam beradi, shuningdek terini namlaydi.

