Go'zallik va sport uchun: teri, suyak va bo'g'imlarning salomatligi!
Kollagen inson organizmida eng ko'p uchraydigan proteindir. Bu butun tanadagi umumiy oqsil tarkibining 25-35% ni tashkil qiladi, biriktiruvchi to'qimalarning elastikligi va mustahkamligi, ya'ni suyaklar, bo'g'imlar, sochlar, tirnoqlar va terining salomatligi uchun javobgardir.
Inson organizmida kollagen o'z-o'zidan ishlab chiqariladi, ammo yosh o'tishi bilan, 25-30 yoshdan keyin bu funksiya pasayadi.
Kollagen tanqisligi belgilari:
• Terining elastikligi pasayishi va quruqligi.
• Bo'g'imlarning harakatchanligi cheklanishi.
• Ichak o'tkazuvchanligi.
• Mo'rt tirnoqlar, jilosiz soch rangi, shikastlangan soch uchlari paydo bo'lishi.
Turli vazifalar uchun bitta yechim
Yoshlik va sport natijalari uchun Sizning manbangiz!
• Ideal dengiz kollageni
Biz tilapiya tangasidan Amicogen Peptide Optima dengiz kollagen peptidlaridan foydalanamiz: ularning molekulyar og'irligi (500 dalton) mashhur hayvon kollagenidan va hatto baliq kollagenining ayrim turlaridan bir necha baravar past. Ushbu afzallik dengiz kollagenining tezroq so'rilishiga imkon beradi. Klinik jihatdan isbotlangan: Amicogen Peptide Optima kollagenini iste'mol qilganidan 90 daqiqa o'tgach, qon plazmasida kollagenning asosiy aminokislotalarining (glitsin, prolin va gidroksiprolin) yuqori konsentratsiyasi aniqlanadi.
• C vitaminining xavfsiz shakli
Natriy askorbat shaklidagi C vitamini oshqozon shilliq qavatini bezovta qilmaydi, tish emaliga ta'sir qilmaydi va kollagen ta'sirini kuchaytiradi. Shuningdek, bu viruslardan himoya qilish, asosiy mikroelementlarni o'zlashtirish va organizmning boshqa antioksidant vazifalarini hal qilish uchun har kuni C vitaminining qo'shimcha manbai hisoblanadi.
• Tabiiy antioksidantlar
Atserola va chernika ekstraktlari antioksidant ta'sirga ega - oksidlanish jarayonlarining ta'sirini neytrallashtiradi va organizmni erkin radikallardan himoya qiladi.
Quyidagilar uchun:
- sport bilan shug'ullanadigan va sport ko'rsatkichlarini yaxshilashni xohlaydiganlar uchun;
- yoshligini uzoqroq saqlashni xohlaganlar uchun;
- katta yoshda mushaklarning asosini qo'llab-quvvatlashga, moslashuvchanlikni, harakatlanish qulayligini va bo'g'imlarning salomatligiga erishishga intilganlar uchun.
Har bir portsiya tarkibi*:
• 4,1 g kollagen peptidlari
Yoshlik va salomatlikni saqlash uchun.
• 70 mg C vitamini
Aminokislotalarni maksimal darajada singdirish va antioksidant himoya qilish uchun.
• 15 ta muhim aminokislotalar
Tabiiy kollagen ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash uchun.
*1 porsiya = 5 g

