DEN MILSHТEYN – “Gold Star” xalqaro kompaniyasining asoschisi va MXLda (NHL) rossiyalik xokkeychilar manfaatlarini himoya qiluvchi eng mashhur xokkey agentlaridan biri. PAVEL DATSYUK, NIKITA KUCHEROV, ARTEMIY PANARIN va Rossiya terma jamoasining boshqa ko‘plab yulduzlari u bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib keladi.
Den o‘zining psixologik strategiyalari bilan ilk bor o‘rtoqlashadi. Aynan shu strategiyalar tufayli u va uning shogirdlari hayotini tubdan o‘zgartirgan.
MILSHТEYN AYTADI: SIZ HAMMASIGA QODIRSIZ!
U sizga orzu sari intilar ekansiz, hech qachon qo‘lingizni tushirmaslikni o‘rgatadi. Ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilashni, o‘z kamchiliklaringizni aniqlab, ularni ustunlikka aylantirishni ko‘rsatadi – shunda sevimli ishingizda muvaffaqiyatga erishib, boylik orttirishingiz mumkin bo‘ladi.
“Bu kitob faqat xokkey haqida emas. Bu – hayot haqida. Bolalikdan orzu sari intilish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish haqida. Har kimning o‘z yo‘li, o‘z yo‘nalishi bor. Hammasi mumkin. Yoningdagilarga nazar sol”.
“Umid qilamanki, bu kitob kimnidir yanada baxtliroq qiladi, muhim tajriba olishga, o‘zini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Chinakam inson bo‘lishga undaydi”.

