Salom, kitobxon! Bizning ismimiz Dan (DANISNOTONFIRE) va ismimiz Fil (AMAZINGPHIL) va qo‘lingizda bizning "The amazing book is not on fire" kitobimiz turibdi! Sizni ikki noqulay yigit (ya’ni biz) tomonidan yaratilgan dunyoga taklif qilamiz. Biz vloggerlarmiz va hayotimizdagi voqealarni Youtube kanallarimizda baham ko‘ramiz. Ammo siz kadr ortida qancha narsa qolishini tasavvur ham qilolmaysiz! Ushbu kitob orqali siz nafaqat One direction’ni qanday uchratganimiz, Yaponiyaga borganimiz va hatto Las-Vegasda katta yutuqlarga erishganimiz haqida bilib olasiz, balki mushuk mo‘ylovini chizishni ham o‘rganasiz va nihoyat Youtube’da o‘z kanalingizni ochishingiz mumkin bo‘ladi (qanday qilishni aytib beramiz). Qulay joylashib, Den va Fil dunyosiga sayohatga tayyorlaning!
Den va Fil uydan chiqishyapti.
Virtual olam jahongirlari, super mashhur videoblogerlar Den va Fil uydan chiqishmoqda! YouTube’dagi video kanallari jami 10 milliondan ortiq tomoshabinlarga ega bo‘lgan ikki kamtarin yigit o‘z shoulari bilan Yevropa va Amerika bo‘ylab gastrol safarini uyushtirdilar! Ushbu kitobda sayohatdan olingan, ilgari hech qayerda nashr etilmagan tonnalab fotosuratlar jamlangan. Har bir surat ortida Den va Fil siz bilan katta mamnuniyat bilan baham ko‘radigan o‘z tarixi bor!

