DEMARK CFGH-E4512 o‘rnatiladigan gaz-elektr plitasi
DEMARK CFGH-E4512 — zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan zamonaviy gaz-elektr plitasi bo‘lib, funksionallik, ishonchlilik va foydalanish qulayligini o‘zida mujassam etadi. Kombinatsiyalangan isitish turi vazifaga qarab gaz yoki elektr konfirkadan foydalanish imkonini beradi.
Plita 3 ta turli quvvatdagi gaz konforkasi va 1 ta elektr konforka bilan jihozlangan. Gaz konforkalaridan biri ikki qatorli alangaga ega WOK konforka bo‘lib, idishlarni bir tekis va intensiv isitishni ta’minlaydi.
Boshqaruv metall aylantirma tugmalar yordamida amalga oshiriladi. Gaz konforkalari avtomatik elektr yoqish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, gugurt yoki zajigalka ishlatmasdan konforkani osongina yoqish imkonini beradi.
Idishlarni barqaror joylashtirish uchun mustahkam cho‘yan panjaralar o‘rnatilgan. Ular yuqori haroratga chidamli, mustahkam va uzoq muddat foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Gaz nazorati funksiyasi qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlaydi: alanga tasodifan o‘chib qolsa, gaz ta’minoti avtomatik ravishda to‘xtatiladi.
Plitaning korpusi zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, amaliy, mustahkam va kundalik foydalanishga chidamli. Zamonaviy dizayndagi DEMARK CFGH-E4512 oshxona interyeriga uyg‘un tarzda mos keladi.
Texnik xususiyatlari
DEMARK CFGH-E4512 — turli taomlarni qulay tayyorlash uchun gaz va elektr konforkalarining amaliy uyg‘unligi.

