DEMANSH 2048 — kundalik foydalanish va shahar bo‘ylab qulay harakatlanish uchun mo‘ljallangan zamonaviy elektr skuter. Model 500W quvvatli motor va 60V/20Ah akkumulyator bilan jihozlangan. Elektr skuterda yorqin LED chiroqlar, harakatlanish jarayonini kuzatish uchun takomillashtirilgan elektron tablo va xavfsiz boshqaruv uchun orqa suyuq tormoz mavjud.
Model amaliy va qulay konstruksiyaga ega. Komplekt tarkibida bakavoy, zaryadlovchi qurilma, kaska va yomg‘irga qarshi plash mavjud. Ushbu qo‘shimcha jihozlar kundalik foydalanishda yanada qulaylik yaratadi.
DEMANSH 2048 ishga, o‘qishga, do‘konga yoki shahar bo‘ylab kundalik qatnov uchun mos keladi. Elektr motor ishlashi sababli foydalanishda yoqilg‘i talab qilmaydi va boshqaruvi qulay.

